| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Xalqaro yiliga bahishlangan "Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish tajriba va istiqbollari"

Xalqaro yiliga bahishlangan "Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish tajriba va istiqbollari"

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, "EKOSAN" xalqaro jamoat fondi, "Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi 2012 yil 10 avgust  kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida  2012 yil - "Barqaror energetika barcha uchun" Xalqaro yiliga bahishlangan "Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tadbiq qilish tajriba va istiqbollari" mavzusida matbuot anjumanini  o‘tkazdi.     

Matbuot anjumani ishida qator vazirlik, idora, jamoat tashkilotlari vakillari, energetika sohasidagi faoliyat yuritayotgan olim va mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Energetika har bir odamning va umuman jamiyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. So‘ngi 40 yillarda odamlarning energiyaga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshdi, shu davrda butun insoniyat tarixi davomida qazib olingan organik yoqilhidan ham ko‘proq yoqilhi qazib olindi.  Bugungi kunda yiliga tabiiy yoqilhi ishlatish miqdori dunyo bo‘yicha 12 milliard tonna neft ekvivalentiga to‘hri keladi (taxminan bir kishiga 2 tonna).

Qazib olinayotgan neft, tabiiy gaz, ko‘mir va uran hozirgi vaqtda dunyoda asosiy energiya manbalari hisoblanadi. Agar ularni shu sur’atlarda ishlatish davom etsa, dunyodagi qazib olinayotgan neft zahiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz zahiralari   70-75 yilga, tosh ko‘mir zahiralari 165-170 yilga, qo‘nhir ko‘mir zahiralari 450-500 yilga yetadi.

 

Cheklangan uglevodorod energetik resurslarga alternativ tarzda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga o‘tilmoqda. Energetik balansga bir vaqtning o‘zida ekologik toza bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish atrof- muhitga texnogen ta’sirlarning  kamayishi nuqtai nazaridan ham talab qilinmoqda. Bundan tashqari qayta tiklanuvchi energiya manbalari ijtimoiy muammollarni hal qilishda muhim omil hisoblanadi, jumladan aholi yashash joylarida bandlikni ta’minlaydi.

Shu munosabat bilan, dunyoning ko‘pgina mamlakatlari atrof muhit energiya oqimidan olingan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va tadbiq qilish hajmini oshirishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar. Bunday energiya manbalari tarkibiga quyosh, shamol, suv resurslari, geotermal manbalar, shuningdek  sanoat, qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilardan olingan biogaz kiradi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi barqaror rivojlanish uchun energiyaning muhimligini e’tiborga olgan holda 2012 yilni "Barqaror energetika hamma uchun"  Xalqaro yili deb e’lon qildi.

Bu yil energetik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni barqaror qondirish, energiyadan foydalanishning samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkonini kengaytirishning  naqadar muhimligi to‘hrisida joylarda, milliy, mintaqaviy va xalqaro miqiyosda xabardorlikni oshirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

Joriy yilning iyun oyida Braziliyada bo‘lib o‘tgan Rio+20 Xalqaro Sammitining yakuniy hujjatlariga "yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi barqaror rivojlanish instrumenti sifatida kiritilgan. "Yashil iqtisodiyot" ning muhim sektorlaridan biri qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishdir.  Bu narsa energetik xizmatlarni ishlab chiqarishga, sohliqni saqlash, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat va suv resurslari xavfsizligi, shuningdek aloqa xizmatlariga ta’sir ko‘rsatishi bilan bohliq.

Ekologik toza, qimmat bo‘lmagan va ishonchli energiya manbalaridan foydalanish imkoni yo‘qligi inson salohiyati rivojlanishini, umuman iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni to‘xtatadi va Ming yillik deklaratsiyasida ifodalangan rivojlanish maqsadlariga erishishda asosiy to‘siq bo‘lmoqda.

Rio+20 Konferensiyasiga O‘zbekiston delegatsiyasiga rahbarlik qilgan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.Umarov 5-Yalpi yihilishdagi ma’ruzasida energiya iste’molini qisqartirishga, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga, Toza Taraqqiyot Mexanizmi loyihalariga yo‘naltirilgan iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash Dasturlarini O‘zbekistonda tadbiq qilish masalalarini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston dunyodagi energiya mustaqilligiga ega bo‘lgan kamsonli mamlakatlardan biridir. Bizda elektr energiya ishlab chiqarishda resurslarning asosini tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Uglevodorod resurslarini tejashda, mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining muhimligini, shuningdek (qTEM) markazlashgan energiya manbalaridan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda yashaydigan aholini, toh va cho‘llarda istiqomat qiluvchi aholini, mavsumiy ishdagilar yoki ekspeditsiyadagilarni elektr energiyasiga, issiqlik va ichimlik suvga bo‘lgan talablarini qondirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda bu yo‘nalishni rivojlantirishga ko‘proq ahamiyat berilmoqda.

Hozirgi vaqtda bu sohada yetarlicha tajriba to‘plangan. qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ko‘pgina qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ularga boshlanhich nisbatan katta mablah sarflansada, iqtisodiy jihatdan ular o‘zlarini oqlaydilar. Birlamchi energiya tashuvchilar narxlarining oshib ketishi (geologorazvedka, qazib olish, yetkazib berish) va ikkinchi tomondan qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bu energiya tobora raqobatdosh bo‘lib bormoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklaridan biri  elektroenergiya ishlab chiqarishda uglevodorodli energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini kamaytiradi va ularni neft - kimyo  sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish uchun saqlab qolish imkonini beradi.

qayta tiklanuvchi energiya manbalari, odatda yetarlicha katta bo‘lgan aholi yashash joylarini, yirik sanoat korxonalari va muassasalarni energiya bilan to‘la taminlash imkoniga ega emas. Mamlakatimizda, xususan ekologik jihatdan noqulay hududlarda qayta tiklanuvchi ekologik toza energiya manbalarini qo‘llash katta istiqbolga ega va bu ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samaralar beradi.

O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos iqlim sharoitlarida qayta tiklanuvchi energiya man’balaridan foydalanishning kelajagi judayam porloq. Ayniqsa, bu quyosh energiyasiga tegishli. O‘zbekistonning quyosh energiyasi bo‘yicha yalpi salohiyati 50  973 mln. tonna neft ekvivalentiga teng deb baholanadi, bu esa respublika hududidagi hozirgacha tekshirilgan barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99,7 % iga teng.

Respublikada quyoshli vaqt bir yilda shimolda 2000 soatga yetadi va janubiy hududlarda 3000 soatdan oshadi. Sutka davomida quyosh nur sochishi 7-10 soat, yillik jami nurlanish shimolda 4800 MDj /m2 dan janubda 6500 MDj /m2 gacha o‘zgarib turadi.

Dunyoda foydalaniladigan qayta tiklanuvchi energiya turlaridan biri shamol energiyasidir. O‘zbekistonda shamol energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholangan. O‘zbekiston hududining geografik holatiga ko‘ra, shamol oqimlari  mavsumiy xarakterga ega. Tekisliklarda shamolning yillik o‘rtacha tezligi 2,0-5,0 m/sek ni tashkil qiladi.

Ko‘p yillik tadqiqotlar O‘zbekiston xududida 8ta gidrotermal resurslar havzalarini aniqlash imkonini berdi. Geotermal resurslarning yalpi salohiyati 244,2 ming tonna  shartli yoqilhi deb baholangan, texnikaviy salohiyati esa aniqlanmagan. Geotermal suvlarning eng katta salohiyati Farhona vodiysiga (Namangan viloyati - 42,6 ming tonna  shartli yoqilhi) va Buxoro viloyatiga - 81,2 ming tonna  shartli yoqilhi  to‘hri keladi.

Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar mutaxassislari bu sohada tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. 2011 yil Iqtisodiy tadqiqot markazi tomonidan "qayta tiklanuvchi energiya manbalari: O‘zbekistonda tadbiq qilish imkoniyatlari" mavzusida analitik ma’ruza tayyorlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasida 2020 yilgacha bo‘lgan davrda istiqbolli energiya balansi baholandi, qayta tiklanuvchi energiya tadbiq qilish bo‘yicha xalqaro boy tajribalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilish imkoniyatlari qisqacha umumlashtirildi. Ma’ruzada qayta tiklanuvchi energiyadan O‘zbekistonda umumiy, texnik va xozirda foydalanilgan salohiyat ko‘rsatib o‘tildi,  qayta tiklanuvchi energiyadan keng foydalanishni rahbatlantirish choralari taklif etildi. Mazkur ma’ruza asosida qayta tiklanuvchi energiya to‘hrisidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Yangi qonun davlat va xususiy sektorlarni jalb qilgan holda qayta tiklanuvchi energiya rivojlanishini rahbatlantiradi, milliy va xorijiy investitsiyalar samarasini oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi  Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amalda foydalanish yo‘lida aniq ishlar olib bormoqda. Ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng tarhibot-tashviqot qilish, xo‘jalikning turli sohalariga tadbiq qilish maqsadida O‘zbekiston Republikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi huzurida ihtisoslashgan mahsus «Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi faoliyat olib bormoqda.

"Eko-energiya" Markazi tomonidan korxona va tashkilotlarning buyurtmasi asosida qoraqalpohiston Respublikasi va barcha viloyatlarda bir qator quyosh fotoelektr stansiyalari (yoritish, televizor, radio, aloqa, quduqlardan suv tortish va h.k), geliosuvisitkichlar, biogaz va biorganik o‘hit (biogumus) olish qurilmalari (qishloq xo‘jaligi, sanoat va maishiy chiqindilardan), mikro-GES o‘rnatildi va ishga tushirildi.

2012 yil O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Mustahkam oila yiliga bahishlangan Dasturida respublikaning markaziy energiya ta’minotidan olisda joylashgan tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida fotoelektr stansiyalari o‘rnatish uchun 28 mln. so‘m ajratildi. hozirda Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani Usmon Nosir shirkatidagi qishloq vrachlik punktiga, Samarqand viloyati Pastarhom tumani davolash markaziga fotoelektr stansiyasi o‘rnatish ishlari tugallandi. Surxondaryo, Navoiy, qashqadaryo viloyatlari chekka hududlarida fotoelektr stansiyasi o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi hodimlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, Markaz xodimlari BMT Taraqqiyot Dasturining «qoraqalpohistondagi qishloq jamoasi uchun toza energiya» - 1 va 2  fazalari (fotoelektr stansiyasi) loyihasida, «Ekologiya va Energiya» Mamlakat dasturida (quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektri), «O‘zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirishga ko‘mak berish» va «Milk-Agro» Fermer xo‘jaligida biogaz uskunasi monitoringi»  va boshqa loyihlarda bevosita ishtirok etdilar.

«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi BMT Taraqqiyot Dasturining mintaqaviy Markazi ko‘magida Yevropa va MDX bo‘yicha o‘tkazilgan «Eng yaxshi amaliyot» Xalqaro ko‘rigida samarali ishtirok etdi. Xususan, Markaz jamoasi «Ekologik toza texnologiyani o‘zlashtirish va qishloqlar uchun qishloq xo‘jaligi va maishiy chiqindilar asosida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kichik sexlari tashkil etish» loyihasi bilan birinchi o‘rinni egalladi. «qoraqalpohiston ahilisi uchun toza energiya» loyihasi bilan ikkinchi o‘rinni egalladi va «qayta tiklanuvchi energiya» nominatsiyasida «O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyatidagi «Jayron» Ekomarkazida fotoelektr stansiyasi va  quyosh suv issitgichlarni ishlatish» loyihasi bilan holib bo‘ldi.

«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi 2012 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti atrof-muhit dasturlari (YUNEP) tashkilot tomonidan ekspertlar tarmohining sub-hududiy fokal-poynti sifatida tanlab olindi.

O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi, GEJ Kichik grantlar dasturlarining mahalliy hamkorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytirishga, bu yo‘nalishdagi milliy bozor va texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator loyihalari muvaffaqiyatli bajarilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati

Tel.: 239-15-19

chop etilgan sana: 17-08-2012 18:08
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ