| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Hisor qoriqxonasi hududiga mediatur

 

Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi, "EKOSAN" xalqaro fondi va"Chinor" Ekologik nashriyot kompaniyasi 2012 yil 17-19 iyun kunlari Hisor qoriqxonasi hududiga mediatur tashkil qildi. Navbatdagi mediatur Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasining "Jamoatchilikning atrof-muhit va barqaror rivojlanish borasida bohabarligini oshirish" loyihasi va Atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish mavzusidagi eng yaxshi jurnalistik ishi "Qoplon 2012" Respublika tanlovi doirasida tashkil qilindi.
            Mediatur ishtirokchilari, jumladan respublika gazeta, radio va televideniye jurnalistlari Ozbekistonning eng katta qoriqxonasi hisoblangan "Hissor" qoriqxonasining Miraki uchastkasiga yol oldilar. Hozirga vaqtda qoriqxona 80 ming gektardan ziyod maydonni egallaydi. U 20 asrning 80-yillarida Qizilsuv va Miroqi davlat qoriqxonalarining qoshilishi natijasida tashkil qilingan. "Hisor" davlat qoriqxonasi Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi tasarrufida.
Qoriqxonaning inspektor va mutaxassislari jurnalistlarga Qoriqxonaning geografik joylashuvi, u yerda oqib otadigan daryo va soylar, hayvonot va osimlik dunyosi togrisida batafsil gapirib berdilar. Jumladan, qoriqxona Hisor tog tizmasining dengiz sathidan 1800-4500 balandlikda bolgan janubiy-garbiy tarmogidagi Oqsuv, Qizilsu va Tanhozdaryo havzasi tutashgan mintaqasida joylashgan. 
 Bugungi kunda qoriqxonaning maydoni tort uchastkaga bolingan: Gilon, Miroqi, Tanhozdaryo va Qizilsu uchastkasiga. Hududi Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Yakkabog va Shahrisabs tumanlariga togri keladi. Qoriqxonaning janubdan shimolgacha bolgan uzunligi 200 km.ni tashkil qiladi.
            Qoriqxonaning hududi archazorlar, qoyalar, shuningdek xavfli, lekin juda ham chiroyli bolgan tokilmalar hamda baland togli va past togli yaylovzorlar bilan namoyon bolmoqda.
            "Hisor" qoriqxonasi Pomir-Oloy tog tizimidagi garbiy chekka ekotizimlarining   bor xilma-xilligini namoyon etuvchi betakror hududiy tabiiy majmuadir. Qat’iy qoriqlash tartibi natijasida bu yerda osimlik va hayvonot dunyosining hududga hos bolgan, shuningdek noyob vakillari saqlanib qolgan va ularning soni bir me’yorda kamaymasdan qolmoqda.
Tomirli osimliklarning umumiy soni 800-900dan kam emas. Bunda Orta Osiyo tog osimliklarining hos belgilari keng kozga tashlanadi. Qoriqxona murakkabgulliklar, dukkaklilar, koplab boshoqlilar, labgullilar, soyabongullilarga boy
Fauna borasida berilgan ma’lumotlarga kora umurtqalilarning 268 ta turi hisobga olingan. Qoriqxona suv havzalarida 2 hil baliq, 19 turdagi quruqlik va suvda yashovchi va sudralib yuruvchi jonzotlar, 215 turdagi qushlar, 32 xil sutemizuvchilar yashaydi. Hozirgi kunda umurqasizlarni organish boshlangan. Mutahassilarning hisobiga kora hashorotlar 3000 turdan kam emas. Hozirgi vaqtda qoriqxonadagi hashorotlarning 6t a, qushlarning 22 ta, 1 ta ilon va 4 hil turdagi sut emizuvchilar Respublika Qizil kitobiga kritilgan.
Qoriqxona hududida sutemizuvchilarning 32 turi, ya’ni Ozbekistonda yashaydiganlarning 30 %, Orta Osiyo toglarida uchraydiganlarning tortdan bir qismi yashaydi.
Qoriqlanadigan hayvonlardan biri - Qor qoploni qoriqxonaning barcha ma’muriy uchastkalarida uchraydi. Bu turning yashash makoni dengiz sathidan 2200-4200 metrgacha balandlikda joylashgan. Qoriqxonada qor qoplonidan boshqa mushuksimonlar oilasiga mansub Turkiston silovsini yashaydi. U koproq archa bilan qoplangan qoyalarga tushadigan yonbagirlarda uchraydi. Ortacha joylashuv zichligi 100 kv.km.ga 9 tasini, umumiy soni esa 122 tani tashkil qiladi. Qoriqxona uchun odatiy jonzot bu qongir ayiq hisoblanadi. Shubhasiz, Orta Osiyo qunduzining populyatsiyasi ham katta qiziqish uygotadi.
Qoriqxonada yashaydigan Orta Osiyo kobrasi, toshbaqasi, chol miqqiysi, shuningdk Qor qoploni, oshrmon sonyasi va kichik taqaburun Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro uyushmasi Qizib kitobiga kiritilgan.
Madaniy, tarixiy ahamiyatga ega yodgorliklardan ikkita ajoyib ob’yektlarni aytib otish mumkin. Ulardan biri, Hisor qoriqxonasi shimolidagi Hazrat Sulton tog qiyaligida joylashgan ziyoratgox. Yana biri qoriqxona janubida Qalasoy daryosi vodiysida joyshlashgan va butun dunyoga mashhur Amir Temur goridir.
 Qoriqxona tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot tashkilot hisoblanadi. Bu yerda biologik xilma-xilllikning zamonaviy holati boyicha statsionar tadqiqotlar olib boriladi. Qoriqxona Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi institutlari, oliy oquv yurtlari, xorijiy ilmiy va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bilan xamkorlik aloqalarni ornatgan. Qoriqxonada shuningdek Ozbekiston Respublikasi qoriqxonalarida "Tabiat yilnomasi" deya ataladigan bioxilma-xillik monitoringi olib boriladi. Bugungi kunga kelib muntazam kuzatuvlar 30 yilni kamragan.
Shunday qilib, mediatur ishtirokchilariga "Hisor" qoriqxonasining ilmiy xodimlari, inspektorlari va boshqa mutaxassislari bilan uchrashib suhbatlashish, ularning faoliyati bilan joyida tanishish va Hissor tog tizmasida joylashgan betakror chiroyga ega bolgan tabiiy ob’yektni korish imkoni yaratildi.
 
Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi Axborot xizmati
Tel.: 239-15-19.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

chop etilgan sana: 19-06-2012 16:11
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ