| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Xorijiy investitsiya va xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar huquqini himoya qilishni yanada kuchaytirish

 

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Xorijiy investitsiya va xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarning huquqiy himoyasi" mavzusida otkazilgan seminar yurtimizda xorijiy investitsiya muhitini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ijrosiga qaratildi. Tadbirda Savdosanoat palatasi, tabiatni muhofaza qilish, bank, soliq, bojxona, shuningdek, turli yonalishda faoliyat korsatuvchi xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar vakillari ishtirok etdi.
Har qanday mamlakat iqgisodiyotida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar muhim orin tutadi. Respublikamizning iqtisodiy va eksport salohiyatini mustahkamlashda xorijiy investitsiyalardan kengroq foydalanishga katta ahamiyat qaratilmokda.
Shu jihatdan, Toshkent viloyati sanoat salohiyati yuksalib borayotgan hududlardan biri sanaladi. Viloyatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishi va ularning faoliyat korsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmokda. Xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga qonunlarda belgilangan qoshimcha imtiyoz, kafolatlar berilayotganligi sarmoyadoralar qiziqishining ortishiga xizmat qilmoqda.
Toshkent viloyati Tabiatni muhofaza qilish qomitasi tomonidan ham xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan izchil tashkiliy-huquqiy choralar korish vazifasi yuklatilgan.
Otkazilgan tadbirda, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishda "Togridan-togri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragbatlantirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida"gi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 aprel kungi Farmoni yangi imtiyozlar va kafolatlar tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Farmonda mustaqillik yillarida mamlakatimizda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirilganligi, ayniqsa, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish jarayonlari takomillashgani, xorijiy investorlarning xuquq xamda manfaatlarini himoya qilish boyicha qonun yoli bilan keng qolamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar belgilanganligi oz aksini topgan.
Bugingi kunda viloyatda 2011 yil yakunlariga kora, 26 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar royxatdan otkazildi va viloyat iqtisodiyotiga 147,8 mln. dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi, 2 ming dan ortiq yangi ish orinlari yaratildi. 2011 yil hamda 2012 yilning 1 choragi davomida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish boyicha Hukumat qarorlari asosida qabul qilingan Dasturlardagi tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida Chirchiq shahridagi «Maksam-Chirchiq» zavodida «Sof rivojlanish mexanizmi» boyicha loyihalar N2O tashlamalarini qisqartirish , Bekobod shahri «Bekobodsement» OAJda yangi quruq usulda klinker ishlab chiqarish liniyasini qurish kabi tadbirlar tugatilishi arafasida.
Shuningdek, 2012 yil I-chorak davomida 123 dan ziyod korxona, tashkilotlardan (shulardan 2 tasi xorijiy investitsiya) tushintirish ishlari olib borilgan, ommaviy axborot vositalarida 16 marotaba chiqishlar qilingan bundan tashqari tashkil etilgan 19 ta "Ochiq eshiklar" kunida 54 ta tadbirkorlar ishtirok etgan va ulardan 54 ta muammoli masalalar qabul qilinib barchasi hal etilgan. 19 ta "Ishonch telefoni" orqali 6 ta tadbirkorlarning muammoli murojaatlari qabul qilinib,   barchasi hal etilgan.
Tadbirkorlarning mavjud muammolari togrisidagi murojaatlarni qabul qilish maqsadida, viloyat qomitasida va hududiy qomitalarda har oyning juma kuni "Ishonch telefonlari" va "Ochiq eshiklar kuni" belgilanib, tushgan murojaatlarni qayd etib borish boyicha maxsus jurnallar yuritilgan hamda viloyat, tuman va shahar roznomasida 12 dan oshiq e’lon berilgan.
Anjumanda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar vakillariga mamlakatimizda yaratilayotgan qulay sarmoyaviy muhit, Ozbekiston Respublikasining sohaga oid yangi qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, ularning ahamiyati, milliy iqtisodiyotimizga investitsiya kiritish kafolatlari togrisida batafsil tushuntirishlar berildi va ular faoliyatidagi masalalar yechimi xususida mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashildi.
 
 
                                                                       SH.Usmonova, R.Tuxtayev, U.YOqubov 
 

chop etilgan sana: 19-06-2012 13:58
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ