| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish uchun ustivor yonalishlarni aniqlash va boshqarish boyicha Milliy forum hamda Harakatlar rejasini ishlab chiq

14-16 may kunlari Toshkent shahrida «Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish uchun ustivor yonalishlarni aniqlash va boshqarish boyicha Milliy forum hamda Harakatlar rejasini ishlab chiqish boyicha konikmalarni rivojlantirishga qaratilgan seminar» bolib otdi. Forumni Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi YUNITAR bilan hamkorlikda "Kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun integratsiyalashgan milliy dasturni ishlab chiqish va Ozbekiston Respublikasida Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" loyihasi doirasida tashkil etdilar.
Intensiv ishlab chikarish hamda kimyoviy moddalar va mahsulotlardan keng foydalanish sharoitlarida kimyoviy xavfsizlikni ta’minlash, atrof muhit va aholi sogligini muhofaza qilishda kimyoviy moddalarni kompleks boshkarish yondashuvini qollash muhim omil hisoblanadi.
Ma’lumki, Ozbekistonning kimyo sanoati - mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoglaridan biridir. U sanoatning deyarli barcha tarmoqlariga xom-ashyo, turli material va mahsulotlarni yetkazib beradi. Boshqa tarmoqlar rivojlanishining miqyosi, yonalishi va samaradorligiga jiddiy ta’sir korsatadi . Ozbekistonning "Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" dek xalqaro tashabbusda qatnashuvi kimyoviy xavfsizlikni tizimli ta’minlashga xizmat qiladi.  
 Ushbu yondashuv kimyoviy moddalarni boshqarishning xuquqiy, tashkiliy, ma’muriy va texnik jihatlarini oz ichiga olib, milliy infrastrukturadagi mavjud salohiyat, imkoniyatlar va kamchiliklarni har tomonlama organishni talab qiladi.
Shu munosabat bilan respublikada kimyoviy moddalarni boshqarish boyicha Milliy profil tayyorlandi, KMXBSYO bajarilishining milliy rejasini ishlab chiqish uchun, mamlakatning zarur imkoniyatlarini aniqlash maqsadida salohiyati baholandi.
Milliy profilning har bir bobi Ozbekistondagi kimyoviy moddalarni boshqarish boyicha vaziyatni tushunishga komak beradigan amaliy axborot bolib, mavjud milliy infrastruktura boyicha, masalan, amaldagi qonunchilik, vazirliklar, muassasalarning vakolatlari, texnik infrastruktura, axborot olish imkoniyati, kimyoviy, jumladan turgun organik ifloslantiruvchilar boyicha vaziyat, zaharli kimyoviy moddalarni yoq qilish muammolari togrisida ma’lumotni oz ichiga qamrab olgan.
Forum qatnashchilari ta’kidlaganlaridek, olib borilgan tahlillar davomida kimyoviy moddalarni butun hayotiy sikli, ya’ni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, zararsizlantirish va yoq qilish mobaynida ularni oqilona boshqarish boyicha mavjud qonuniy va normativ- huquqiy bazada, uni joriy qilinishi va monitoringi borasida ma’lum kamchiliklar borligi aniqlandi. Kimyoviy moddalarni boshqarish va kimyoviy xavfsizlikni ta’minlab berish bilan shugullanadigan turli vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyati koordinatsiyasida, turli idora va tashkilotlardagi kimyoviy moddalar va chiqindilar haqidagi ma’lumotlarni yigish, yetkazib berish va almashish borasida hamda ushbu ma’lumotlardan jamoatchilikni habardor qilishda kamchiliklar mavjuddir.
Shu munosabat bilan kimyoviy moddalar boshqaruvida doimiy foydalanish uchun kompleks yondashuv asosida idoralararo va tashkilotlararo muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni rivojlantirish hamda hamma tegishli milliy tashkilotlar va manfaatdor tomonlar qiziqishlari inobatga olinishi tavsiya etildi.
Kimyoviy moddalarni asosli boshqarishni ta’minlash boyicha Milliy strategiya va KMXBSYO bajarilishi va uni amalga oshirish uchun Harakat Dasturi ishlab chiqish tavsiya etildi. Kimyoviy moddalarni boshqarish boyicha Harakat Dasturini hamma manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda milliy tizim klassifikatsiyasi va kimyoviy moddalar markirovkasini,kimyoviy moddalar chiqarilishi va tarqalishini boshqarish milliy registrini rivojlantirish, ota xavfli kimyoviy va biologik moddalarni milliy registrini tuzish muhimligi aytib otildi. Shuningdek, kimyoviy moddalarni xavfsiz boshqarish boyicha ishlab chiqilgan qonuniy va normativ-huquqiy mexanizmlarni va ularni samarali ijrosini va monitoringini ta’minlashni, shuningdek, shu sohadagi mavjud xalqaro qonunchilik bilan muvofiqlashtirishni takomillashtirish kerak.
14-16 may kunlari otkazilgan Forumda KMXBSYO boyicha hamkor   (turli manfaatdor tomonlar ishtirokida bajariladigan) loyihalar taqdimoti ham bolib otdi va ularni bajarilishi hamda xalqaro va mahalliy tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilish masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida ma’lumotlar almashish mexanizmini, vazirliklararo koordinatsiya mexanizmini, KMXBSYO joriy qilish boyicha Harakat Dasturini ishlab chiqish boyicha seminar bolib otdi.
Forum ishida Oliy Majlis Senati a’zolari, qator vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, xalqaro va jamoat tashkilotlari rahbar va xodimlari, OAV vakillari, shuningdek BMTning ilmiy tadqiqot va oquv instituti (YUNITAR) ekspertlari ishtirok etdilar.
 
 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi
Axborot xizmati

chop etilgan sana: 17-05-2012 18:43
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ