| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Ozbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi

 

Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligining Ormon xojaligi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 11 yanvar kuni qoriqxonalar va milliy boglar kuni munosabati bilan "Ozbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi Ozbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza etishda asosiy orinni egallaydi. Ozbekistonning Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 8 ta davlat qoriqxonasi, Quyi-Amudaryo biosfera rezervati, 2 ta milliy tabiat bog, 9 ta buyurtmaxona va jonivorlarning noyob turlarini kopaytirish boyicha respublika "Jayron" ekomarkazi kiradi.
Mazkur tizimda davlat tabiat qoriqxonalari asosiy orinni egallaydi. Ozbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qoriqxonalari hududlari qatiy muhofaza rejimi ostida bolib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qoriqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli osimliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qoriqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi ortasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning orni bilan bogliq keng targibot-tashviqot ishlarini olib borishga davat etilgan.
Qator mamlakatlar bioxilma-xillikni muhofaza qilishda Milliy boglarni rivojlantirishga xissalarini qoshmoqdalar.
2011 yilning 26 avgust kuni Ozbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Mazkur rezervat "Baday-toqay" davlat qoriqxonasi bazasida tashkil etildi. Qoriqlash hududi 11568, 3 ga bolib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi.
Biosfera rezervati qoriqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. U oz faoliyatida biologik xilma-xillik hamda biologik resurslardan fuqarolar va xojalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlari yolida ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni ozida mujassam etadi.
Biosfera rezervatlari nafaqat u joylashgan hududda istiqomat qiluvchi aholining tabiat bilan uygun holatda rivojlanish imkonini beradi, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv Ozbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini muhofaza qilish boyicha Milliy strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida oz aksini topgan.
Hayvonlarning noyob turlarini kopaytirish boyicha respublika markazi ("Jayron" ekomarkazi) maydonining kengaytirilishi mazkur yonalishda olib borilayotgan siyosatning yorqin misolidir. 2009 yilning 2 fevral kuni Buxoro viloyati hokimining 80-sonli qarori bilan 9369 ga maydon ekomarkaz balansiga otkazildi. Bugungi kunda ekomarkaz jayron, qulon, Prjeval otlari, buxoro tog qoyi kabi jonivorlarning noyob turlarini kopaytirish bilan shugullanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boyicha asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat bu - Ozbekiston Respublikasining 2004 yil dekabrda qabul qilingan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar togrisida" gi Qonuni hisoblanadi.
Mazkur Qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi: Davlat tabiatni muhofaza qilish qomitasi, Qishloq va suv xojaligi vazirligi, Davlat geologiya qomitasi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati Ozbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qomitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur Qonun shuningdek, "Biologik xilma-xillik togrisida", "Yovvoyi hayvonlarning kochib yuruvchi turlarini muhofaza qilish togrisida" hamda "Xalqaro ahamiyatga ega bolgan suv-botqoqli hududlar togrisida" gi va boshqa Konvensiyalar yuzasidan olingan xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishini ham ta’minlab berdi.
Flora va faunaning noyob turlarini tiklash hamda kopaytirish boyicha har yili muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlar qator yirik tadqiqot, izlanish va kuzatishlar uchun tabiiy baza bolib xizmat qilmoqda. Qoriqlash hududlari mutaxassislarining ilmiy izlanishlari «Trud zapovednikov Uzbekistana» ilmiy monografiyasiga jamlangan. Dastlabki nashrning chop etilganidan buyon 15 yil vaqt otdi (1996). Mazkur yillar mobaynida uning 7 ta nashri chop etilib, tabiat shaydolari va ilmiy guruhlarning sevimli ommabop kitobiga aylandi.
Bugungi kunda Ozbekistonda bioxilma-xillikni saqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish sohasida qator xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda: "Qoriqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash", "Ozbekiston neft va gaz tarmogiga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini joriy qilish" va boshqalar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tadbirlar sababli mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyatlari respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining yagona ozarobogliqlik tizimini tashkil etishi lozim.
 

chop etilgan sana: 11-01-2012 12:30
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ