| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuv

 

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent shahrida "Kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun integratsiyalashgan milliy dasturni ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasida Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" loyihasinining bajarilish rejasiga muvofiq "Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuv. O’zbekistonda Milliy profilni tayyorlash" mavzusida seminar tashkil etildi. Seminar ishida kimyo sohasidagi mutaxassislar, vazirliklar, idoralar hamda jamoat tashkilotlari, yirik sanoat korxonalari vakillari, ekolog olimlar hamda OAV lari ishtirok etdilar.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, ishlab chiqarishni kengaytirish hamda kimyoviy moddalarni qo’llash kontekstida inson salomatligi va atrof - muhit holatini yaxshilashda avvalo kimyoviy moddalarni xafvsiz boshqarish talab etiladi.
Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvaholi salomatligini taminlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik doirasidagi muhim tashabbuslardan biri hisoblanadi.
KMXBSYO strategiyasi asosida XXI asr kun tartibi (1992 yil), atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo’yicha Xalqaro sammit qarorlarining bajarilishi bo’yicha Yo’xannesburg rejasi, Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi kontekstida tayyorlangan xalqaro darajada (2006 y.) kimyoviy moddalar sohasidagi Dubay Deklaratsiyasida qabul qilingan majburiyatlar yotadi.
 Strategik yondashuvni amalga oshirishning asosiy maqsadi - kimyoviy moddalarning butun hayotiy davri mobaynida ulardan oqilona foydalanishni taminlash, shu bilan 2020 yilga qadar aholi salomatligi va atrof-muhitga kimyoviy moddalarni ishlab chiqish va foydalanish tasirida kelib chiqadigan zararni kamaytirishga yo’naltirilgan.
KMXBSYO ni amalga oshirishning muhim elementlaridan biri bu Milliy profilni - kimyoviy moddalarni oqilona qo’llash bilan bog’liq mavjud milliy huquqiy, tashkiliy, mamuriy, texnik infrotuzilmalarni tayyorlash hisoblandi.
Hozirda O’zbekistonda"Kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun integratsiyalashgan milliy dasturni ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasida Kimyoviy moddalarni xalqaro boshqarishda strategik yondashuvni (KMXBSYO) amalga oshirish" loyihasi doirasida Milliy profilni tayyorlash jarayonlari ketmoqda. O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi mazkur loyihani amalga oshirishda ijrochi agentlik hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Qaror bilan 2011-2015-yillarda O’zbekistonda BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar Kompleksiga kiritilgan.
            Koyihaning Milliy muvofiqlashtiruvchi qo’mitasi hamda Profil tayyorlash bo’yicha Milliy muvofiqlashtiruvchi guruhi tarkibi barcha manfaatdor tomonlar vakillari, shuningdek, BMT ning O’quv va ilmiy-tadqiqot instituti (YUNITAR) ekspertlari ishtirokida loyihani qabul qilish bo’yicha 2011 yil mart oyida tashkil etilgan kirish seminarida kelishilgan.
Seminarda O’zbekistonda kimyoviy moddalarni boshqarish, sohalararo komissiyalar va muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar, kimyoviy moddalarning hayotiy siklini boshqarish qonunchiligi, Sog’liqni saqlash vazirligining maishiy hamda ishlab chiqarish jarayonlaridagi faoliyati kabi masalalar muhokama qilindi.
Takidlash joizki, kimyoviy moddalarni boshqarishning mavjud tizimi asosan sohaviy yondashuvga asoslangan, kimyoviy moddalar "hayotiy siklining" alohida bosqichlari, shu bilan birga ishlab chiqarish, import, eksport, saqlash, transportirovka qilish, foydalanish hamda yo’q qilishbo’yicha nazorat turli vazirliklar tomonidan integratsiyalashgan yondashuv uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan aloqalar va imkoniyatlar asosida emas, balki o’zlari qabul qilgan tamoyillar asosidagina ko’rib chiqadilar.
Milliy profilni tayyorlash mamlakatda kimyoviy moddalar bilan bog’liq muammolar va ularni hal etish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan mexanizmlarni anglashga o’z hissasini qo’shadi. Mazkur profil, shuningdek, mavjud tizimlardagi muammolar hamda kamchiliklarni va kelgusidagi harakatlar uchun zarur yo’nalishlarni aniqlab berishga yordam beradi. Shu tariqa profilni tayyorlash jarayonlari kelgusidagi faoliyatda ustivor vazifalarni belgilashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
           
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo’mitasi
Axborot xizmati
 
 
 
 

chop etilgan sana: 29-11-2011 11:45
manba:



   yangiliklar bo'limiga o'tish



Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ