| Bosh | Galereya | Fuqarolarning murojaatlari | Xizmatlar |           Uzb     Rus     Eng 
  Hududiy qo'mitalar
Tashkilot va bo'linmalar
   

Tabiatni asrang - bu umumiy uyimiz!

Yangiliklar
11-11-2009 12:34
E L O N

 

Hurmatli tadbirkorlar!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 dekabrdagi PQ-531-sonli qarorining 6 bandiga asosan, 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab, YEVRO-2 va undan kam bo‘lgan ekologik darajadagi "M2", "M3" va "N2" toifalardagi avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishi taqiqlanadi.
2010 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga, Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar raqami (TR TIF) 8703 va 8705 kodlariga to‘hri keladigan maxsus transport vositalaridan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan benzin va dizel motorlari bilan jixozlangan "YEVRO-3" ekologik darajadan kam bo‘lmagan me’yorlariga muvofiq bo‘lgan "M2", "M3" va "N2" toifalaridagi yangi avtotransport vositalariga ekologik sertifikatlashtirish asosida O‘zbekiston Respublikasi xududiga kiritilishini bildiramiz.

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza
qilish davlat qo‘mitasi xuzuridagi
"Boshdavekosertifikat" bosh boshqarmasi.

Murjaat uchun telefonlar: 239-42-56, 239-13-69, 239-14-39
 

16-09-2009 18:21
16 sentyabr - Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni

Ozon qatlami Yer atmosferasining qismini tashkil qiladi va yuqori konsentratsiyadagi ozonni (O3) saqlaydi. Ushbu qatlam taxminan 93 foizdan 99 foizgacha quyoshning otkir ultrabinafsha nurlarini yutadi. Agar bu qatlamdan ultrabinafsha nurlari toliq otsa, Yerdagi hayotga yakun yasashi mumkin. Ozon qatlamining katta qisimi stratosferaning quyi yani, Yer yuzasidan 10 dan 50 kmgacha bolgan masofada joylashgan.

batafsil..
11-09-2009 13:02
Buguk-Xvankyong Koreys forumi vakillari bilan uchrashuv

2009 yilning 11 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Buguk-Xvankyong Koreys forumi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida atrof muhitni muhofaza qilish sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.


batafsil..
03-09-2009 13:31
OZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOMITASINING RAISINI TAYINLASH TOGRISIDA

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING QARORI
 
OZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOMITASINING RAISINI TAYINLASH TOGRISIDA
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:
1.  Nariman Madjidovich Umarov O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisietib tayinlansin.
2.  Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
 
Ozbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining Raisi
I.Sobirov
 
Toshkent shahri,
2009 yil 29 avgust

21-07-2009 15:55
Parranda grippi profilaktikasi

2009 yilning 20-21 iyul kunlari Toshkent shahar "Toshkent-Malika" mexmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish  davlat qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg’armasi -YUNISEF ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Parranda grippi profilaktikasi bo‘yicha qo‘mita tizimida o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar uchun ikki kunlik seminar-trening tashkillashtirildi.

 


batafsil..

Web - mail
United Nations Development Programme

United Nations Environment Programme

Global Environment Facility

The World Bank Group

The Organization for Security and Co-operation in Europe

Europa House

    Copyright 2020, O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi web-portali Ishlab chiqarish studiyasi MD.UZ